“O‘zgidromet” 5-noyabrda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Payshanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan. Kunduzi harorat 15-25 daraja, kechasi 3-14 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zgidromet” 5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
O‘zbekistonda 5-noyabr, payshanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, kunduzi havo 15-25 daraja, kechasi esa 3-14 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, Qoraqalpog‘istonning shimolida 1-3 daraja sovuq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
5-noyabrda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. 6-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4—5-noyabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud.

