O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zgidromet 4−5-noyabr kunlari 9 ta viloyatning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
4−5-noyabr kunlari yog‘adigan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish berdi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi ehtimoli bor, bu esa hududlarning suv bosishiga olib kelishi mumkin.

