13−14-oktabr kunlari O‘zbekistonning qator viloyatlariga sel kelishi mumkin
O‘zgidromet 13−14-oktabr kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

13−14-oktabr kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sel kelishi ehtimoli bor
13−14-oktabr kunlari yog‘ingarchiliklar sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish berdi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.
Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi mumkin, bu esa hududlarning suv bosishiga olib kelishi ehtimoli bor.

