Mahalliy

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 30-sentabr-2-oktabr kunlari to‘qqizta viloyatning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

30-sentabr-2-oktabr kunlari yog‘adigan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish berdi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi ehtimoli bor, bu esa hududlarning suv bosishiga olib kelishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.