O‘zbekistonliklar 8 oyda ta’lim olishga 30,7 trln so‘m sarfladi
Mamlakatda ta’lim xizmatlariga qaysi hududlarda eng ko‘p mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar 8 oyda ta’lim olishga 30,7 trln so‘m sarfladi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda ta’lim sohasi bo‘yicha 30,7 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga yuqori.
Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda ta’lim xizmatlari 16,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Samarqand viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 2 trln so‘mga yetgan. Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 1,9 trln so‘m bo‘lgan.
Namangan viloyatida 1,5 trln so‘m, Andijon viloyatida 1,4 trln so‘m, Toshkent va Buxoro viloyatlarining har birida 1,3 trln so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Qashqadaryo viloyatida xizmatlar hajmi 1,1 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 851,7 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 800,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Xorazm viloyatida ta’lim xizmatlari 786,2 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 480,6 mlrd so‘m bo‘lgan. Jizzax viloyatida 406,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 299,1 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

