Mahalliy

O‘zbekistonda texnikum o‘quvchilari ham xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topishi mumkin bo‘ladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga ham Work and Travel xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

O‘zbekistonda texnikum o‘quvchilari ham xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda texnikum o‘quvchilari ham Work and Travel xalqaro dasturida qatnashadi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion yo‘nalishda faoliyat yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga ham Work and Travel xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ishlash va sayohat qilish uchun borish-kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish — EMIS RT axborot tizimida texnikum nomi, manzili, kodi, kasb va mutaxassislik yo‘nalishi, bosqichi, ta’lim shakli, o‘quvchining maqomi hamda baholari haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish belgilangan.

Migratsiya agentligi har yili 1-martga qadar Work and Travel xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash choralarini ko‘radi.

2025-yilda O‘zbekistondagi oliygoh talabalari uchun “Ishla va sayohat qil” (Work and travel) dasturi joriy etilgandi. Dastur doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilgandi.

Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham Work and travel dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.