Mahalliy

O‘zbekistondagi texnikum o‘quvchilari ham Work and Travel xalqaro dasturida ishtirok etadi

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan o‘quvchilarga Work and Travel xalqaro dasturi doirasida xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Borib-kelish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistondagi texnikum o‘quvchilari ham Work and Travel xalqaro dasturida qatnashadi

O‘zbekistondagi texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan o‘quvchilarga Work and Travel xalqaro dasturlari doirasida xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarorida belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra, texnikum o‘quvchilari Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya hamda Yangi Zelandiyaga borib ishlashi va sayohat qilishi mumkin bo‘ladi.

Ishtirokchilarning borib-kelish va boshqa tegishli xarajatlarini qoplash uchun maxsus ssuda ajratish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, Migratsiya agentligiga har yili 1-martga qadar xorijiy ish beruvchilar bilan Work and Travel dasturi bo‘yicha tegishli hamkorlik shartnomalarini imzolash vazifasi yuklatildi.

Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish tizimini shaffoflashtirish maqsadida “EMIS RT” axborot tizimiga muhim ma’lumotlar kiritib boriladi. Ushbu elektron platformada texnikum nomi, manzili va kodi, kasb hamda mutaxassislik yo‘nalishi, o‘qish bosqichi, ta’lim shakli, o‘quvchining maqomi va uning o‘zlashtirish baholari haqidagi ma’lumotlar batafsil aks ettiriladi.

Ushbu tashabbus avvalroq 24-fevral kuni prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida aytilgandi.

2025-yil may oyidan boshlab o‘zbekistonlik talabalar Work and Travel dasturi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida foizsiz ssuda olishi mumkinligi belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.