O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy sud ushbu materiallarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topgan. Ularning 967 tasini Telegram kanal va guruhlar tashkil etadi.

O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy sud diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
2026-yil 3-noyabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 2057 ta manba kiritilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish to‘liq taqiqlangan.
Facebook — 276 ta sahifa;
Telegram — 967 ta kanal va guruh;
Instagram — 454 ta profil;
YouTube — 214 ta kanal;
“Odnoklassniki” — 44 ta sahifa;
TikTok — 68 ta akkaunt;
Threads — 1 ta profil; veb saytlar va boshqa manbalar — 33 tani tashkil etadi.
“Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling”, deyiladi Oliy sud axborotida.
Iyul oyida e’lon qilingan ro‘yxatda 1 915 ta manba bor edi. Yangi ro‘yxatda taqiqlangan Telegram kanal va guruhlar, Instagram profillar soni oshgan.

