O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlar yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston Oliy sudi diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan bog‘liq deb topilgan va mamlakatda taqiqlangan manba va kontentlar yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 915 ta manba kiritilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish mutlaqo taqiqlangan.
Ushbu manbalar orasida:
- Facebook — 276 ta sahifa;
- Telegram — 886 ta kanal va guruh;
- Instagram — 405 ta profil;
- YouTube — 202 ta kanal;
- “Odnoklassniki” — 44 ta sahifa;
- TikTok — 68 ta akkaunt;
- Threads — 1 ta profil;
- veb saytlar va boshqa manbalar — 33 ta.
“O‘zbekiston fuqarolari! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling!” deb ta’kidlangan Oliy sud axborotida.

