Mahalliy

Oliy sud portalida taqiqlangan manbalarni tekshirish imkoniyati ishga tushirildi

Oliy sudning my.sud.uz portalida internetdagi taqiqlangan diniy-ekstremistik va terroristik manbalarni tekshirish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushdi. Foydalanuvchilar sayt orqali noqonuniy deb topilgan Telegram, Instagram va boshqa platformalardagi kanal hamda kontentlar ro‘yxatini ko‘rishi mumkin.

Oliy sud portalida taqiqlangan manbalarni tekshirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi

Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portalida “Taqiqlangan kanallar” nomli yangi bo‘lim ishga tushirildi, deya xabar bermoqda idoraning Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalari departamenti.

Undan foydalanish uchun portalning “Interaktiv xizmatlar” bo‘limidagi “Taqiqlangan kanallar” sahifasiga kirish kerak.

Mazkur xizmat orqali Oliy sud tomonidan internet tarmog‘ida diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar va kontentlar haqida ma’lumot olish mumkin.

Xususan, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

Shu paytgacha O‘zbekiston Oliy sudi mamlakatda taqiqlangan diniy ekstremistik va terroristik kontentlar ro‘yxatini yangilangan holda e’lon qilib kelardi. Iyul holatiga ko‘ra, bunday manbalar soni 1915 tani tashkil etgan.

Ro‘yxatda eng ko‘p uchragan platformalar Telegram (886), Instagram (405) va Facebook (276) bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.