Mahalliy

O‘zbekistonda erkaklar ayollardan salkam yarim millionga ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2026-yil 1-oktyabr holatiga doimiy aholi soni 39 mln 535,2 ming

O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarnikidan qariyb yarim millionga ko‘p ekani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida doimiy aholi soni 39 mln 535,2 ming kishini tashkil etgan.

Erkaklar — 20 014,0 ming nafar;

Ayollar — 19 521,2 ming nafar.

Shaharda yashovchilar — 21 523,8 ming kishi;

Qishloqda yashovchilar — 18 011,4 ming kishi.

2026-yil yanvar–sentyabr oylarida:

Nikohlar soni — 172 mingta;

Nikohdan ajralishlar soni — 36,8 mingta.

Tashqi migratsiya bo‘yicha:

Xorijdan ko‘chib kelganlar — 2 114 kishi;

Xorijga ko‘chib ketganlar — 6 398 kishi.

Aholi soni va tarkibiga doir ko‘rsatkichlar 2026-yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari asosida hisoblangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.