Mahalliy

O‘zbekistonda bayram kunlarini belgilash va nishonlash tartibi qonun bilan tartibga solinyapti

O‘zbekistonda bayram kunlarini belgilash, tashkil etish va o‘tkazishning yagona tartibini joriy etish nazarda tutilgan «Bayram

O‘zbekistonda bayram kunlarini belgilash va nishonlash tartibi qonun bilan tartibga solinmoqda

O‘zbekistonda bayram kunlarini belgilash, tashkil etish va o‘tkazishning yagona tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi «Bayram kunlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga muvofiq, mamlakatdagi bayram kunlarini to‘rt toifaga ajratish taklif qilinmoqda: umumxalq bayramlari, kasb bayramlari, muhim sanalarga oid bayramlar va xalqaro sanalarga oid bayramlar.

Loyihada 9 ta umumxalq bayrami belgilangan. Ular orasida Yangi yil, Xotin-qizlar kuni, Navro‘z, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ro‘za va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari bor.

Mazkur umumxalq bayramlari ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasida kasb bayramlarining ham yagona ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni, 20-avgust — Tadbirkorlar kuni, 25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilangan.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, umumxalq va kasb bayramlari qonun bilan, muhim sanalar Prezident farmonlari va qarorlari asosida, xalqaro sanalarga oid bayramlar esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Shuningdek, bayram tadbirlarini tashkil etishda jamoat xavfsizligi, tibbiy xizmat, yong‘in va sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vazifalari aniqlashtirilmoqda.

Loyihada bayram munosabati bilan ish beruvchilar xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mukofot to‘lashi mumkinligi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga undovchi bayramlarni nishonlash taqiqlanishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat hozircha qonun loyihasi bo‘lib, undagi normalar tegishli jarayonlardan so‘ng kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.