Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi nishonlanadigan kunlarda mamlakat aholisi ketma-ket 3-4 kun dam oladi.

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar qancha muddat dam olishadi?
O‘zbekiston aholisi mamlakat Mustaqilligining 35 yilligi nishonlanadigan sanalarda 3-4 kun ketma-ket dam oladi.
Prezident farmoniga asosan, 2026-yil 31-avgust, dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar Mustaqillik bayramida to‘rt kun (29-avgustdan 1-sentyabrgacha) ketma-ket dam olsalar, 6 kun ishlaydiganlar uch kun (30-avgustdan 1-sentyabrgacha) ketma-ket dam olishadi.
Dam olish kunlari quyidagicha taqsimlangan:
🟡 29-avgust, shanba – odatdagi ish yoki dam olish kuni
🔴 30-avgust, yakshanba – odatdagi dam olish kuni
🔴 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
🔴 1-sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni
2-sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatdagi ish kuni bo‘ladi.

