O‘zbekistonda aholi banklardan qancha qarzdorligi maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonda aholining banklarga qancha qarzdor ekani maʼlum qilindi
O‘zbekiston aholisining banklardan olgan kreditlari qoldig‘i bir yil ichida 18,8 foizga oshdi. Markaziy bank qarzlarning asosiy qismi uy xaridiga yo‘naltirilayotganini bildirdi.
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 239,8 trillion so‘mga yetdi. Qarzlar hajmi bir yil davomida 37,93 trillion so‘mga, yaʼni 18,8 foizga ko‘paygan.
Eng katta ulush ipoteka kreditlariga to‘g‘ri keladi — 88,14 trillion so‘m. Aholining ushbu turdagi qarzdorligi 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,1 trillion so‘mga yoki 19 foizga oshgan.
Tahlilga ko‘ra, jismoniy shaxslar zimmasidagi mikrokreditlar qoldig‘i 46,74 trillion so‘mni tashkil etgan. Bunday qarzlar tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilganlarga 300 million so‘mgacha beriladi. Qolgan kreditlar va ularning yillik qiymatdagi o‘zgarishi quyidagicha:
Mikroqarzlar — 51,14 trillion so‘m (bir yilda 19,2 foizga kamaygan);
Avtokreditlar — 40,5 trillion so‘m (o‘sish 8,6 foiz);
Taʼlim kreditlari — 6,84 trillion so‘m (o‘sish 17 foiz).
Shuningdek, isteʼmol kreditlari qoldig‘i 508 milliard so‘mni, boshqa turdagi qarzdorliklar (kredit karta va overdraftlar) esa 5,91 milliard so‘mni tashkil etgan.
Markaziy bank avvalgi tahlilida banklardan qarz olgan aholi orasida 29 foizida bittadan ortiq kredit borligini aniqlagan edi.

