O‘zbekistonda 7 oyda 137,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi
Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda eng yuqori hajm Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqandda qayd etildi

O‘zbekistonda 7 oy davomida 137,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi
2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 137,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga yuqori. Hududlar orasida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan — 22,6 trln so‘m.
Toshkent viloyati 18,5 trln so‘m bilan ikkinchi, Samarqand viloyati 17,6 trln so‘m bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Ushbu uch hududda jami 58,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Farg‘ona viloyatida 11,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 10,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 9,1 trln so‘mdan, Buxoro viloyatida esa 7,7 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,2 trln so‘m, Surxondaryo viloyatida 5,9 trln so‘m, Xorazm viloyatida 5,3 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Navoiy viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 trln so‘mni tashkil etgan. Jizzaxda 4,3 trln so‘m, Sirdaryoda 4,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

