O‘zbekistonliklar 7 oyda salomatlik uchun 14 trln so‘mga yaqin mablag‘ sarfladi
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan

O‘zbekistonliklar 7 oy davomida salomatlik uchun qariyb 14 trln so‘m sarfladi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 13,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 31,2 foizi shifoxona muassasalari xizmatlari, 14,0 foizi shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari hamda 54,8 foizi boshqa sog‘liqni saqlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:

