Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 115 ming kishiga mo‘ljallangan yangi turar joy massivlari barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Vyetnamning ROX Group kompaniyasi vakillari prezidentga Toshkent, Buxoro va Samarqandda umumiy qiymati 4,5 mlrd dollar bo‘lgan to‘rtta shaharsozlik loyihasini taqdim etdi.

O‘zbekistonda 115 ming kishiga mo‘ljallangan yangi turar joy massivlari barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Vyetnamning ROX Group kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya vakillari Buxoroda ikkita, Toshkent shahrining Uchtepa tumani va Samarqandda bittadan — jami to‘rtta shaharsozlik loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ularning umumiy maydoni 285 gektarni, investitsiya hajmi 4,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Loyihalar 115 ming nafar aholi uchun mo‘ljallangan.

Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro shahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilishi boshlangan. Ularda 30 ming nafar aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obektlar barpo etish ko‘zda tutilgan.

Vetnamlik investor Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi tashkil etish tashabbusini ham ilgari surdi.

Prezident taqdim etilgan konsepsiyalarni ma’qullab, loyihalarda ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qo‘llash zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga loyihalar uchun zarur infratuzilma va amalga oshirish mexanizmlarini kompaniya bilan birgalikda puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.