O‘zbekiston xorijdan nimalarni ko‘proq sotib olmoqda?
Mamlakat importida eng katta ulush mashina va transport uskunalariga to‘g‘ri keldi. Qolgan tovarlar ulushi qanday?

O‘zbekiston xorijdan nimalarni ko‘proq xarid qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida O‘zbekiston 34,5 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar import qilgan.
Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari eng yuqori o‘rinda bo‘lib, ularning qiymati 11,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu jami importning 32,6 foiziga teng.
Sanoat tovarlari importi 5,1 mlrd dollarga, xizmatlar importi 4,6 mlrd dollarga yetgan. Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 4,2 mlrd dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar esa 3,7 mlrd dollarlik importni tashkil etgan.
Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash mahsulotlar importi 2,8 mlrd dollar bo‘lgan. Turli xil tayyor buyumlar importi 1,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Yoqilg‘idan tashqari nooziq-ovqat xomashyosi importi esa 1,1 mlrd dollarga yetgan.

