Oltin, mashina, mineral yoqilg‘i: O‘zbekiston xorijga nimalar eksport qilmoqda?
Yil boshidan buyon O‘zbekiston eksporti 22,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Uning eng katta qismi xizmatlar

Oltin, mashina, mineral yoqilg‘i: O‘zbekiston xorijga nimalarni eksport qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 22 mlrd 866,9 mln dollarni tashkil etgan. Bu 2025-yilning shu davridagi 23 mlrd 661,7 mln dollarga nisbatan 3,4 foizga kam.
Shu bilan birga, eksport tarkibida xizmatlar hajmi sezilarli darajada oshgan. Yanvar–avgust oylarida 8 mlrd 542,9 mln dollarlik xizmatlar eksport qilingan. Bu bir yil ichida 33,8 foizlik o‘sish bo‘lib, umumiy eksportdagi ulushi 37,4 foizga yetgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz bo‘lgan.
Sanoat tovarlari eksporti 3 mlrd 359,9 mln dollarni tashkil etib, 25,6 foizga oshgan. Ularning jami eksportdagi ulushi 14,7 foizga chiqqan.
Turli tayyor buyumlar eksporti 2 mlrd 92 mln dollarga yetgan. Bu 2025-yilning mos davriga qaraganda 88,1 foiz ko‘p bo‘lib, umumiy eksportdagi ulushi 9,1 foizni tashkil qilgan.
Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar eksporti 1 mlrd 775,1 mln dollar bo‘lgan. Ushbu yo‘nalishda o‘sish 32,3 foizni tashkil etgan, ulushi esa 7,8 foizga yetgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 1 mlrd 786,2 mln dollarni, mineral yoqilg‘i va shunga o‘xshash materiallar eksporti esa 1 mlrd 56,9 mln dollarni tashkil etgan.
Eksportda boshqa tovarlar hajmi 2 mlrd 863,3 mln dollar bo‘lgan. Bu 2025-yilga nisbatan 65,8 foizga kamaygan. Uning umumiy eksportdagi ulushi 12,5 foizni tashkil etgan.
Jumladan, monetar bo‘lmagan oltin eksporti 2 mlrd 803,8 mln dollarni tashkil etgan. U bir yil ichida 66,3 foizga qisqargan va jami eksportdagi ulushi 12,3 foizga tushgan.
Mashina va transport asbob-uskunalari eksporti 899,8 mln dollarga, mineral yoqilg‘idan tashqari xom ashyo eksporti 230,1 mln dollarga, ichimliklar va tamaki mahsulotlari eksporti 176,2 mln dollarga yetgan. Ovqat va o‘simlik yog‘lari eksporti esa 84,7 mln dollar bo‘lib, bu 2025-yilga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.

