O‘zbekiston xorijdan ko‘proq nimalar import qilmoqda?
7 oy mobaynida O‘zbekiston 29,6 mlrd dollarlik import qildi, uning eng katta qismi mashinalar va

O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p nimalarni olib kelmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston importi 29,6 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga yuqori.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri kelgan — 9,7 mlrd dollar. Bu umumiy importning qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda o‘sish 20 foiz bo‘lgan.
Sanoat tovarlari importi 4,4 mlrd dollarni, xizmatlar importi 3,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar importi ham 3,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importi 3,3 mlrd dollarga yetgan. Bu yo‘nalishda o‘sish 41,9 foizni tashkil etib, keltirilgan tarkib ichida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar importi 2,5 mlrd dollar bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich yillik taqqoslashda 10,7 foizga oshgan.
Turli xil tayyor buyumlar importi 1 mlrd dollarga yetib, 14 foizga o‘sgan. Yoqilg‘idan tashqari nooziq-ovqat xomashyosi importi 909,8 mln dollarni tashkil qilgan.
Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar va mumlar importi 363 mln dollar bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,3 foizga ko‘p.
Ichimliklar va tamaki mahsulotlari importi esa 222,2 mln dollarni tashkil etgan. Ushbu yo‘nalishda 15,3 foizlik o‘sish qayd etilgan.

