Mahalliy

O‘zbekiston vakili ilk bor TDT bosh kotibi lavozimini egalladi

Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi

O‘zbekiston vakili ilk bor TDT bosh kotibi lavozimini egalladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Davlat rahbarlari kengashining qarori bilan TDT bosh kotibi etib tayinlandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston vakili ilk bor Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi lavozimini egalladi.

Mirvohid Azimov O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 26-maydagi qarori bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.