Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Anqaraga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston Prezidenti 29−30 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkiyada boʻladi. U yerda u Anqarada oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ankaraga joʻnab ketadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 29–30 oktyabr kunlari ushbu mamlakatga amaliy tashrif buyuradi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Ankarada «Turkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik» mavzusida oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida tashkilot aʼzolari oʻrtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm, ekologiya va taʼlim yoʻnalishlarida kengaytirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibini koʻrib chiqadilar.
Sammit yakunlari boʻyicha Ankara deklaratsiyasi hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

