O‘zbekiston shahar atrofi qatnovlari uchun 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdi xarid qiladi
O‘zbekiston 157,1 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi. Xaridni moliyalashtirish uchun Yevropa investitsiya bankidan 123,5 mln yevro kredit olinadi. To‘rt vagonli tarkiblar Toshkent atrofi, Farg‘ona vodiysi va Samarqand yo‘nalishlarida, jami 7 ta qatnov marshrutida ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston shahar atrofi qatnovlari uchun 157 mln yevroga 10 ta Škoda elektropoyezdi sotib oladi
Toshkent shahri xalq deputatlari Kengashining 2026-yil 17-sentabrdagi qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Chexiyaning Škoda Transportation kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish loyihasi konsepsiyasi tasdiqlandi.
Loyiha doirasida har biri to‘rt vagondan iborat 10 ta Škoda 25Ev elektropoyezdini olish ko‘zda tutilgan. Hujjatda loyihani amalga oshirish 2026−2030-yillarga mo‘ljallangani qayd etilgan.
Taqsimot rejasiga ko‘ra, yangi poyezdlar quyidagi yo‘nalishlarda qatnashi mumkin:
Hujjatda ayrim yo‘nalishlar amalda mavjud ekani, boshqalari esa yangi yo‘nalish sifatida tashkil etilishi qayd etilgan. Jumladan, Samarqand-Buxoro va Samarqand-Qarshi-Shahrisabz yo‘nalishlarida muntazam elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Škoda 25Ev elektropoyezdlari texnik topshiriqda belgilangan asosiy talablarga javob berishi kerak.
Loyihadagi texnik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, yangi poyezdlarda USB quvvatlash rozetkalari, LED axborot displeylari, videokuzatuv tizimi va avtomatik yong‘in signalizatsiyasi ham bo‘lishi rejalashtirilgan.
Konsepsiyaga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 157 mln 59 ming yevroni tashkil etadi. Shundan 141 mln 564,3 ming yevro kapital qo‘yilmalarga to‘g‘ri keladi.
Moliyalashtirish manbalari quyidagicha belgilangan:
Loyiha doirasida elektropoyezdlarni yetkazib berish uchun 123,5 mln yevro sarflanishi rejalashtirilgan. Tashish xarajatlari 5 mln 622,4 ming yevro, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar 3 mln 859,9 ming yevro, ko‘zda tutilmagan xarajatlar esa 6 mln 456,1 ming yevro miqdorida hisoblangan.
Shuningdek, import qilinadigan aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 mln 494,7 ming yevroni tashkil etadi. Konsepsiyada loyihani QQS va ayrim bojxona to‘lovlaridan ozod qilish nazarda tutilgan.
Konsepsiyada yangi elektropoyezdlarning elektr energiyasini tejash imkoniyati ham ko‘rsatilgan. “UTY-Injiniring” AJ hisob-kitoblariga ko‘ra, rekuperativ tormozlash tizimi elektr energiyasi sarfini mazkur tizimsiz rejimga nisbatan 24−27 foizga kamaytirishi mumkin.
Hujjatda yangi poyezdlarning tezlanish va sekinlashish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani sababli ko‘p to‘xtash punktlariga ega yo‘nalishlarda safar vaqti qisqarishi mumkinligi qayd etilgan. Yo‘l profili va bekatlar soniga qarab, safar davomiyligini 10−15 foizga qisqartirish imkoniyati hisoblangan. Bu esa mavjud infratuzilmani o‘zgartirmasdan poyezdlar qatnovi chastotasini oshirishga sharoit yaratishi mumkin.
Konsepsiyada yangi poyezdlar joriy etilgach, tig‘iz vaqtlarda ayrim yo‘nalishlarda kunlik qatnovlar sonini 2−3 juftdan 4−5 juftgacha oshirish imkoniyati ko‘rsatilgan.
Hujjatda 2026-yil holatiga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning shahar atrofi elektropoyezdlar parki jami 77 ta vagondan iborat 10 ta elektropoyezdni qamrab olishi qayd etilgan.
Parkning salmoqli qismi 1983−1987-yillarda ishlab chiqarilgan ER9E seriyali elektropoyezdlardan iborat. Ularning xizmat muddati me’yoriy chegaraga yaqinlashgan.
“Toshkent vagon qurish va ta’mirlash zavodi” AJning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mavjud parkdagi 45 ta vagonni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun qariyb 135 mlrd so‘m talab etiladi. Bunda modernizatsiya qilingan poyezdlarning qolgan xizmat muddati taxminan to‘rt yilni tashkil qilishi mumkin. Shu sababli konsepsiyada yangi elektropoyezdlarni xarid qilish mavjud tarkibni qisqa muddatga ta’mirlashga nisbatan uzoq muddatli yechim sifatida ko‘rib chiqilgan.
2025-yilda O‘zbekistonda shahar atrofi temir yo‘l transporti orqali 10,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Prezidentning PQ-391-son qarorida 2030-yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 23,5 mln nafarga yetkazish, elektropoyezdlar harakatlanadigan yo‘nalishlar sonini esa 40 tadan 53 taga oshirish vazifasi belgilangan.
Loyiha konsepsiyasida yo‘l haqi tariflarining bir nechta ssenariysi tahlil qilingan. Ular ijtimoiy, o‘rtacha, yuqori va budjetga minimal yuklama tushadigan variantlarga ajratilgan.
Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha bazaviy tariflar quyidagicha ko‘rsatilgan:
Tariflarning yakuniy miqdori hali belgilanmagan. Hujjatda narxlarni shakllantirishda inflyatsiya, aholi daromadlari, muqobil transport turlari narxi, raqobat muhiti va yo‘lovchilar talabi hisobga olinishi zarurligi qayd etilgan.
Hujjatda yo‘lkira narxi darajasiga qarab 3 xil iqtisodiy ssenariy tahlil qilingan:
Ijtimoiy ssenariy (Yo‘lkira narxi eng past darajada):
Bazaviy ssenariy (Yo‘lkira narxi muvozanatlashgan darajada):
Yuqori ssenariy (Yo‘lkira narxi yuqori darajada):
Hujjatda ijtimoiy tarif ssenariysida yo‘l haqi nisbatan past bo‘lgani sababli yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi, biroq budjet subsidiyalariga ehtiyoj ortishi ko‘rsatilgan. Yuqori tarif ssenariysida esa daromad ko‘payishi va operatsion subsidiya hajmi kamayishi mumkin, ammo yo‘lovchilar oqimi pasayishi ehtimoli mavjud.
Bazaviy ssenariy tariflar, yo‘lovchilar uchun transport qulayligi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatli variant sifatida belgilangan.
Loyiha doirasida O‘zbekiston hududida ushbu poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy servis infratuzilmasini tashkil etish hamda mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, mashinistlar, ularning yordamchilari va yangi poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi muhandis-texnik xodimlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Konsepsiyada taxminan 156 ta ish o‘rni tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Elektropoyezdlar ekspluatatsiya jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri CO₂ va boshqa zararli moddalarni atmosferaga chiqarmasligi, elektr tortish tizimiga o‘tish esa transportning ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi ta’kidlangan.

