Mahalliy

O‘zbekiston prezidentining Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi (foto)

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot

O‘zbekiston prezidentining Tonggi tarovat yurtiga safari samimiy uchrashuvlar va suhbatlarga boy bo‘ldi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi davomida samimiy uchrashuvlar va suhbatlar ko‘p bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari yetakchilari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama aloqalar hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va erkin suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol ko‘rsatadi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan bo‘lgan suhbat ayniqsa iliq ruhda o‘tdi. Ushbu uchrashuv o‘tgan yillarni va O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda bajarilgan ishlarni eslash imkonini berdi.

Sammit oldidan davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat qo‘ydi. Bu Yangi O‘zbekiston g‘oyalari va islohotlariga bo‘lgan samimiy qiziqishning yana bir ifodasidir.

Koreyalik do‘stlarimiz davlat tashrifiga alohida e’tibor va hurmat bilan yondashdi. Janubiy Koreyadagi eng baland bino — Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida O‘zbekiston bayrog‘ining yorqin tasvirlari namoyish etildi. Prezidentimiz tashrifi munosabati bilan bayrog‘imiz ranglaridagi dirijabl uchdi, qarorgoh oldidagi favvorada esa davlatimiz gerbi va bayrog‘i akslari ko‘rsatildi.

Bularning barchasida mezbonlarning samimiy mehmondo‘stligi va yuksak ehtiromi yaqqol sezilib turardi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.