Mahalliy

O‘zbekiston maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etiladi

O‘zbekiston maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi buyrug‘ida belgilangan.

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, maktablarda “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar” va “Tasviriy san’at” yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etiladi. Mazkur tartib “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan belgilangan.

To‘garaklarda o‘quvchilar haftasiga 2 soatdan, jami 72 soat davomida chuqurlashtirilgan holda ta’lim oladi. Shuningdek, to‘garak a’zolari o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazilib, iqtidorli o‘quvchilar saralab olinadi. Mazkur to‘garaklarni tashkil etishdan maqsad yoshlar o‘rtasida milliy san’atni keng targ‘ib qilish va uni kelajak avlodga yetkazishdan iborat.

7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqori natijalarga erishgan sport maktablarini qo‘shimcha ravishda 500 million so‘mdan mukofotlash tizimi joriy etilishi belgilangandi. Bu orqali sport muassasalarini natijaga yo‘naltirish va raqobatni kuchaytirish maqsad qilingan. Hokimlarga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun zarur sharoit yaratish va ularga qamrovni kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Sport maktablari esa mahallalarda iqtidorli yoshlarni izlash o‘rniga tayyor sportchilar bilan ishlayotgani tanqid qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.