Mahalliy

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda — BMT sessiyasida taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda — BMT sessiyasida taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotgani — BMT sessiyasida taqdimot qilindi

Joriy yil 31-avgust — 4-sentyabr kunlari Vena shahrida o‘tkazilgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi implementatsiyasiga bag‘ishlangan 17-sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi.

Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi alohida ma’ruza bilan chiqib, xalqaro hamjamiyatga mamlakatda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish, uning implementatsiyasi hamda so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlar ortga qaytmas tus olgani, jumladan, 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan Prezident hujjati bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, «Raqamli komplayens» axborot-dasturiy kompleksi ishga tushirilgani, davlat organlari, shu jumladan, sud hokimiyati idoralarida korrupsiyani oldini olishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotgani haqida ma’lumot berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.