Iqtisodiyot

O‘zbekiston 1,18 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga kam

O‘zbekiston 1,18 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 1 mln 437,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 20,8 ming tonnaga yoki 1,4 foizga kam.

Meva-sabzavot eksportining qiymati 1 mlrd 182,6 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6,6 foizga kamaygan.

Mevalar va rezavorlar eksporti 332,8 ming tonna yoki 384 mln dollar bo‘lgan.

Jumladan, 115,8 ming tonna shaftoli 114,7 mln dollarga, 90,1 ming tonna uzum 74,8 mln dollarga eksport qilingan.

Quritilgan uzum eksporti 56,1 ming tonna va 66,6 mln dollarni, gilos esa 25,2 ming tonna va 59,9 mln dollarni tashkil etgan.

O‘rik eksporti 26,4 ming tonna yoki 32,5 mln dollar bo‘lgan.

Sabzavotlar eksporti 551,3 ming tonnaga yetgan va 203,4 mln dollarlik mahsulot tashqi bozorlarga chiqarilgan.

Eng ko‘p eksport qilingan sabzavot piyoz bo‘lib, uning hajmi 313,4 ming tonna, qiymati 91,3 mln dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, 139 ming tonna karam — 54,6 mln dollarga, 33,2 ming tonna pomidor — 34,7 mln dollarga va 59,7 ming tonna sabzi — 13,4 mln dollarga eksport qilingan.

Qovun va tarvuz eksporti 198,5 ming tonna yoki 62 mln dollarni tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.