Sport

Oskar, Sneyder va Kuarejma — Toshkentdagi futzal bo‘yicha Superkubok bahsiga qaysi yulduzlar keladi?

Oskar, Sneyder va Kuarejma: Toshkentdagi futzal Superkubogiga qaysi yulduzlar keladi?

2026/2027-yilgi mavsum O‘zbekiston futzal Superkubogi doirasida “BMB” va “SQB” jamoalari o‘rtasidagi bahsga jahon futbolining yaqin o‘tmishdagi taniqli yulduzlari tashrif buyuradi.

Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mashhur futbolchilar Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan Superkubok uchrashuvini joyida kuzatib boradilar. Shuningdek, ular o‘yindan keyingi g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida hamda muxlislar uchun tashkil etilgan maxsus tadbirlarda ishtirok etishlari kutilmoqda.

Toshkentga keladigan futbol yulduzlari ro‘yxatiga braziliyalik darvozabon Julio Sezar, italiyalik sobiq futbolchilar Marko Materatssi va Kristian Dzakkardo, shuningdek, Jerom Boateng (Germaniya), Migel Salgado (Ispaniya), Esteban Kambiyasso (Argentina), Rikardu Kuarejma (Portugaliya), Uesli Sneyder (Niderlandiya), Oskar (Braziliya), Kevin Kuranyi (Germaniya) va Vinchenso Yakvinta (Italiya) kabi mashhur nomlar kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi “BMB” va “SQB” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2-sentyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.