Sport

Oʻzbekiston ilk bor suzish boʻyicha jahon kubogiga mezbonlik qiladi

Toshkent 2017 va 2018-yillarda badiiy suzish boʻyicha jahon kubogi musobaqalariga mezbonlik qilgandi.

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta suzish boʻyicha jahon kubogi musobaqalariga mezbonlik qiladi.

Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari Toshkent shahri suzish boʻyicha jahon kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Jahon suv sportlari federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu uch bosqichli musobaqada 50 dan ortiq mamlakatdan 750 nafardan ziyod erkak va ayol sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu tadbir "Ipak yoʻli" turining bir qismi boʻlib, sportchilar uchun Pekinda boʻlib oʻtadigan XVIII suzish boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini ham oʻtaydi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent avvalroq, 2017 va 2018-yillarda badiiy suzish boʻyicha jahon kubogi musobaqalariga mezbonlik qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.