Osiyo Kubogi 2027. Özbekistonning taqvimi maʼlum, ammo musobaqaning ötkazilişi söroq ostida
Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan futbol böyiça Osiyo Kubogi-2027 taqvimi eʼlon qilindi. Biroq, musobaqaning ötkazilişi mintaqadagi notinç vaziyat tufayli söroq ostida turibdi.

Osiyo Kubogi 2027. O‘zbekistonning taqvimi ma’lum, ammo musobaqaning o‘tkazilishi savol ostida
Turnir 7-yanvar kuni Ar-Riyozda mezbonlarning Falastinga qarshi o‘yini bilan boshlanadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi turnirdagi ishtirokini 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Bahs Jidda shahridagi «King Abdullah Sports City» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Ikkinchi tur bahsi 12-yanvar kuni KXDR milliy jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ar-Riyozdagi «Kingdom Arena» stadionida o‘tadigan o‘yin vaqti soat 18:30 ga belgilangan.
Guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida O‘zbekiston 17-yanvar kuni Bahrayn bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv soat 18:30 da Jidda shahridagi «Prince Abdullah Al Faisal Sports City» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Osiyo Kubogida 24 ta milliy jamoa 6 ta guruhga ajratilgan. Guruhda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa pley-off bosqichiga chiqadi.
Avvalroq OFK prezidenti shayx Salmon notinch vaziyat tufayli musobaqa muddati ko‘chirilishi mumkinligini istisno etmagan edi.
Shayx Salmon, «agar zarurat tug‘ilsa», turnirni bir yilga - 2028-yilgacha kechiktirish mumkinligini aytdi, ammo OFK bu borada qaror qabul qilishga shoshilmoqchi emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy to‘xtamga noyabr oyi oxirigacha kelish mumkin. Mahalliy tashkiliy qo‘mita esa tayyorgarlik reja asosida ketayotganini ta’kidlab, vaziyatni kuzatib borishga va’da bermoqda.
So‘nggi haftalarda Yaman husiylari bilan urushning keskinlashuvi fonida Saudiya Arabistoni hujumlarga uchradi. Bu sport tadbirlariga ham ta’sir ko‘rsatdi: milliy chempionatning uchta o‘yini, jumladan, Kristianu Ronalduning «An-Nasr» jamoasi ishtirokidagi uchrashuv qoldirildi, ushbu klubning OFK Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yini esa urib tushirilgan raketa tufayli kechiktirildi. Keyinroq Osiyo Kubogi bahslariga mezbonlik qiladigan stadiondagi yana bir o‘yin boshqa muddatga ko‘chirildi. Saudiya futbol federatsiyasi o‘yinning ko‘chirilishi xavfsizlik bilan bog‘liqligini rad etib, buni mehmon klubning safaridagi muammolar bilan izohlamoqda.
Turnir ishtirokchilari ham xavotir bildirishdi. Avstraliya vaziyatni «diqqat bilan kuzatib borayotganini» ma’lum qilgan bo‘lsa, Janubiy Koreya futbolchilari kasaba uyushmasi o‘yinchilarning xavfsizligidan «jiddiy xavotirda» ekanini bildirdi. O‘tgan hafta Yaponiya futbolining yuqori martabali vakili hozirgi vaziyatda turnirni o‘z vaqtida o‘tkazish qiyin bo‘lishini aytgan edi.

