Futbol: O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi-2027 guruh bosqichidagi taqvimi e’lon qilindi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi-2027 musobaqasida O‘zbekistonning guruh bosqichidagi taqvimi e’lon qilindi. Milliyo jamoa pley off yo‘llanmasi uchun 8, 12 va 17-yanvar kunlari mos ravishda Iordaniya, KXDR va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

**Futbol: O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi-2027 guruh bosqichidagi taqvimi e’lon qilindi**
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi-2027 musobaqasining guruh bosqichi uchrashuvlari taqvimini e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi yurishini 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. “King Abdullah Sports City” stadionida o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Ikkinchi turda jamoamiz 12-yanvar kuni KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Kingdom Arena” stadionidagi bu o‘yin soat 18:30 ga belgilangan.
Guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida vakillarimiz 17-yanvar kuni Bahrayn bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv soat 18:30 da “Prince Abdullah Al Faisal Sports City” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, jamoa musobaqadan avvalgi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Birinchi o‘yin 12-noyabr kuni Toshkentda Rossiyaga qarshi bo‘lsa, ikkinchisi 17-noyabr kuni Qatarning Doha shahrida Saudiya Arabistoni bilan bo‘lib o‘tadi.

