Futbol: O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.

Futbol: O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Uchrashuv 17-noyabr kuni Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.
FIFA reytingida O‘zbekiston milliy jamoasi 59-o‘rinda, Saudiya Arabistoni esa 55-o‘rinda joylashgan.
Milliy jamoa avvalgi FIFA kunlarida o‘tkazilgan
Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 4:1,
Eronga qarshi uchrashuvda esa 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa,
Janubiy Koreyaga
0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Avvalroq Milliy jamoa 12-noyabr kuni Toshkentda Rossiya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

