Sport

Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev Osiyo Kubogi—2027 musobaqasida bosh hakam sifatida ishlaydi

Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev Osiyo Kubogi—2027da bosh hakam sifatida ishlaydi

2027-yil yanvar va fevral oylarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogida rekord miqdordagi hakamlar guruhi faoliyat yuritadi. Musobaqada ilk bor 76 nafar hakam — bosh hakamlar, yordamchilar, nazoratchilar va VAR hakamlari — ishlaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.

Mazkur turnirga taklif etilgan hakamlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Xususan, Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida Osiyo Kubogi uchrashuvlarini boshqaradi.

Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakam sifatida faoliyat yuritadi. Firdavs Norsagarov esa VAR hakami sifatida musobaqaga boradi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik yana bir mutaxassis Valentin Kovalenko nazoratchi sifatida Osiyo Kubogiga taklif etilgan.

Osiyo Kubogi 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning B guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniyaga qarshi o‘ynaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.