O‘rtacha ish haqi 7,3 mln so‘m, mediana ish haqi 4,2 mln so‘m: Milliy statistika qo‘mitasi ilk bor mediana ish haqini e’lon qildi
Milliy statistika qo‘mitasi ilk bor O‘zbekistondagi mediani ish haqini e’lon qildi. Mamlakatda 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7,3 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eksperimental hisoblangan mediana ish haqi 4,2 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘rtacha ish haqi 7,3 mln so‘m, mediana ish haqi 4,2 mln so‘m: Milliy statistika qo‘mitasi mediana ish haqini ilk bor e’lon qildi
Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bilan birga mediana ish haqini ham ilk marta e’lon qildi.
2026-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 274,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshgan. Shuningdek, eksperimental hisob-kitoblarga ko‘ra, shu davrda respublika bo‘yicha mediana ish haqi 4 mln 166,3 ming so‘m bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi izohiga ko‘ra, ish haqi darajasini baholashda ham o‘rtacha ish haqi, ham mediana ko‘rsatkichi qo‘llanadi. Ularning ikkalasi ham ish haqiga taalluqli bo‘lsa-da, turlicha hisoblanadi va turli mazmunni anglatadi.
Xodimlarga hisoblangan jami ish haqi ularning o‘rtacha soniga bo‘linadi.
Masalan, 5 nafar xodimning oylik ish haqi quyidagicha bo‘lsin:
Ularning jami ish haqi 40 mln so‘mni tashkil etadi. Bu summa 5 nafar xodimga bo‘linsa, o‘rtacha ish haqi 8 mln so‘m chiqadi. Bunda yuqori ish haqi oladigan xodimlarning daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Medianani topish uchun xodimlarning ish haqi eng kamidan eng ko‘piga qarab tartiblanadi. Qatorning aynan o‘rtasida joylashgan qiymat mediana hisoblanadi. Yuqoridagi misolda o‘rtadagi qiymat 5 mln so‘m. Demak, ish haqining mediana miqdori 5 mln so‘mni tashkil etadi. Mediana xodimlarning yarmi ushbu summadan kam, qolgan yarmi esa undan ko‘p ish haqi olishini bildiradi.
O‘rtacha ish haqi mehnatga haq to‘lashning umumiy darajasi va uning o‘zgarishini baholash imkonini beradi. Mediana esa ish haqi xodimlar o‘rtasida qanday taqsimlanganini va taqsimotning o‘rta nuqtasini ko‘rsatadi.
“Shu sababli o‘rtacha ish haqi aksariyat xodimlar aynan shuncha maosh oladi, degani emas. Ish haqi to‘g‘risida to‘liqroq tasavvur hosil qilish uchun o‘rtacha va mediana ko‘rsatkichlarini birgalikda tahlil qilish maqsadga muvofiq. O‘zbekistonda ham Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan o‘rtacha ish haqi bilan bir qatorda mediana ish haqini hisoblash yo‘lga qo‘yildi. Bu ish haqi darajasini yanada to‘liqroq baholash imkonini beradi”, — deya qayd etgan qo‘mita.

