Oʻzbekistonda real ish haqi 11 foizga oshdi - Markaziy bank
Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik nominal ish haqi 18,4 foizga oshib, 7,1 mln soʻmga yetdi. Infyalsiyani hisobga olganda, real ish haqi 10,9 foizga koʻpaygan. Hududlar kesimida faqat Andijon viloyatida real ish haqining oʻsishi 8 foizga yetmagan; bu koʻrsatkich Jizzax viloyatida 13,3 foizni tashkil etgan.

**Oʻzbekistonda real ish haqi 11 foizga oshdi — Markaziy bank**
Oʻzbekistonda ish haqi oʻsishining yuqori surʼatlari 2026-yilning birinchi yarmida ham saqlanib qolgan. Bu haqda Markaziy bankning II chorak uchun mehnat bozori sharhida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik nominal ish haqi 7,1 mln soʻmni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga koʻp. Inflyatsiya taʼsiri hisobga olinganda esa aholining real ish haqi 10,9 foizga oshgan.
### Eng yuqori maosh moliya sohasida
Tarmoqlar kesimida ish haqi miqdori sezilarli darajada farqlanmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida eng yuqori oʻrtacha ish haqi moliya va sugʻurta faoliyatida qayd etilgan — 19,1 mln soʻm.
Keyingi yuqori koʻrsatkich axborot va kommunikatsiya xizmatlari sohasida kuzatilgan — bu yoʻnalishda oʻrtacha ish haqi 17,4 mln soʻm boʻlgan.
Shu bilan birga, ish haqi eng past boʻlgan sohalar qatorida qishloq xoʻjaligi va ijtimoiy xizmatlar qolmoqda. Qishloq xoʻjaligida oʻrtacha ish haqi 3,5 mln soʻm, ijtimoiy xizmatlarda esa 4,7 mln soʻmni tashkil etgan.
Shunday qilib, moliya va sugʻurta sohasidagi oʻrtacha ish haqi qishloq xoʻjaligidagi koʻrsatkichdan qariyb 5,5 baravar yuqori.
### Qaysi sohalarda ish haqi tezroq oshdi?
Ish haqi oʻsish surʼatlari boʻyicha ayrim tarmoqlar umumiy koʻrsatkichdan ham yuqori natija qayd etgan.
Xususan, 2026-yilning birinchi yarmida tashish va saqlash sohasida ish haqi 22,8 foizga, ijtimoiy xizmatlarda 20,2 foizga, qurilishda 19,9 foizga oshgan.
Bu tarmoqlardagi ish haqi oʻsishi mamlakat boʻyicha oʻrtacha nominal ish haqi oʻsishidan yuqori boʻlgan.
**Hududlarda vaziyat qanday?**

