O‘zbekistonda inflyasiya hisobga olingan real ish haqi 10,9 foizga o‘sdi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston mehnat bozorida ish izlovchilar faolligi oshgan. Faol rezyumelar soni 17,6 foizga

O‘zbekistonda inflyasiya hisobga olingan real ish haqi 10,9 foizga oshdi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston mehnat bozorida ish qidiruvchilar faolligi ortgan. Faol rezyumelar soni 17,6 foizga ko‘paygan.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, shu davrda ish haqi o‘sishi ham davom etgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal ish haqi 18,4 foizga, inflyasiya hisobga olingan real ish haqi esa 10,9 foizga oshgan.
2026-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,5 mlrd dollarni tashkil etib, yillik hisobda 13,1 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, real ish haqi va pul o‘tkazmalarining o‘sishi aholining xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, rezyumelar sonining ko‘payishi mehnat bozorida ish o‘rinlari uchun raqobat kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

