Orif Bozorov Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi
Orif Bozorov Buxoro viloyati hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Orif Bozorov Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
Orif Bozorov Raupovich
Buxoro viloyati hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Orif Bozorov 1979-yil 24-aprelda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U ayni paytgacha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

