«OpenAI», «Apple», «Meta»: qaysi xorijiy kompaniya O‘zbekistonga ko‘proq soliq to‘ladi?
O‘zbekistonda elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi 109 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan

«OpenAI», «Apple», «Meta»: qaysi xorijiy kompaniya O‘zbekistonga ko‘proq soliq to‘ladi?
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi 109 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan. 2025-yil 1-yanvarda ularning soni 63 ta, 2026-yil 1-yanvarda esa 78 ta bo‘lgan.
Hisobot davrida xorijiy kompaniyalar ko‘rsatgan elektron xizmatlar hajmi 1 trln 942,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davridagi 1 trln 48,6 mlrd so‘mga nisbatan 85,2 foizga ko‘p.
Xorijiy kompaniyalar orasida eng ko‘p soliqni «Apple» to‘lagan — 54,2 mlrd so‘m. «Google» 52,6 mlrd so‘m bilan ikkinchi, «Meta» esa 46,7 mlrd so‘m bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- «Valve» — 22,8 mlrd so‘m;
- «Anthropic» — 14 mlrd so‘m;
- «OpenAI» — 10 mlrd so‘m;
- «Midasbuy» — 4,8 mlrd so‘m;
- «Booking.com» — 4,2 mlrd so‘m;
- «TikTok» — 2,4 mlrd so‘m;
- «Anysphere» — 2,2 mlrd so‘m.
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini topshirishi va belgilangan soliqlarni to‘lashi lozim.
2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida xorijiy elektron xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar to‘lagan soliqlar 232,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 124,8 mlrd so‘m bo‘lgan.

