O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘proq foydalanilmoqda?
1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda fintex ilovalari bo‘yicha reyting ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘proq foydalanilmoqda?
2026-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, fintex ilovalar ko‘rsatkichlarining 60,3 foizi Google Play hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu platforma bo‘yicha ko‘rsatkich 5 mln 91,6 mingni tashkil etgan.
Google Play’da birinchi o‘rinni «IMANUM» egallagan. Keyingi o‘rinlarda Click SuperApp va «Soliq» joylashgan. «payme» to‘rtinchi, «Ochiq Budjet» beshinchi o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek, «Uzum Bank», «Paynet», «Hamkor», «Alif» va «Xazna» ham platformaning eng yuqori o‘nligiga kirgan.
App Store hissasiga 39,7 foiz to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu platformadagi ko‘rsatkich 3 mln 339,1 mingni tashkil etgan.
App Store reytingida birinchi o‘rinni «Tez» egallagan. «Uzum Bank» ikkinchi, «Soliq» uchinchi, Click SuperApp to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.
Keyingi o‘rinlarda «Hamkor», «payme», «TBC UZ», «Xazna», «Paynet» va «Anorbank» joylashgan.

