Mahalliy

Apple, Google, Meta va boshqa xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 143,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Apple, Google, Meta va boshqa xorijiy shirkatlar O‘zbekistonda 143,8 milliard so‘m soliq to‘ladi.

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 97 ta xorijiy kompaniya jami 143,8 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lagan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84 foizga oshganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston hududida elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni quyidagicha o‘sgan:

* 2024-yil yanvarida – 55 ta kompaniya;

* 2025-yil yanvarida – 63 ta kompaniya;

* 2026-yil yanvarida – 78 ta kompaniya;

* 2026-yil aprelida – 89 ta kompaniya.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi top 10 ta xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘langan soliq miqdorlari:

* Apple — 33,6 milliard so‘m;

* Google — 33,3 milliard so‘m;

* Meta — 28,9 milliard so‘m;

* Valve Corp. — 15,8 milliard so‘m;

* Anthropic — 6,3 milliard so‘m;

* OpenAI — 5,6 milliard so‘m;

* Midasbuy — 2,9 milliard so‘m;

* Booking.com — 2,6 milliard so‘m;

* TikTok — 1,6 milliard so‘m;

* Anysphere — 1,5 milliard so‘m.

Soliq kodeksining 281-moddasiga binoan, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishlari va tegishli soliqlarni to‘lashlari shart.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya 65,7 milliard so‘m soliq to‘lagan edi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2025-yilning shu davriga (36,2 milliard so‘m) nisbatan 81 foizga ko‘pdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.