Mahalliy

Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarga cheklov qo‘yiladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining patrul-post hamda qo‘riqlash

Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzganlarga cheklov joriy etiladi

Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyat yanada takomillashtiriladi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:

- patrullik yo‘nalishida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlarining patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari naryadlari «112» tizimi orqali kelib tushadigan, nafaqat jamoat joylarida, balki aholi yashash xonadonlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarga ham tezkor yetib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi;

- 24/7 rejimida ishlaydigan gastronomik ko‘chalarda jamoat tartibini saqlash ichki ishlar organlari va hududiy hokimliklar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

- ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarga nisbatan keyingi ommaviy tadbirlarga kirish uchun vaqtincha cheklov belgilanadi.

«Har xil vazifalar – yagona vakolat» tamoyili asosida quyidagi tartib joriy etiladi:

- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid quyidagi ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining patrul-post hamda qo‘riqlash xizmatlariga ham beriladi:

- yo‘nalishdagi chorrahalar, bozorlar, yirik savdo majmualari, ta’lim muassasalari atroflari hamda markaziy ko‘chalarda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish;

- yo‘llarda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga zudlik bilan munosabat bildirish, ularning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

- jamoat tartibini saqlashga doir quyidagi ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmatiga ham beriladi:

- ko‘cha va jamoat joylarida sodir etiladigan jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarga chek qo‘yish, ularni sodir etayotgan shaxslarni ta’qib qilish, ushlash hamda ichki ishlar organlariga olib borish;

- belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish hamda jamoat joyida alkogol mahsulotini iste’mol qilish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.