Mahalliy

Jamoat xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash takomillashtiriladi

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat

**Jamoat xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash takomillashtiriladi**

Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi.

«Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–302-son, 26.08.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida:

- Universitetning yillik qabul kvotalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi shakli bo‘yicha 600 nafar kursantgacha, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha 300 nafar tinglovchigacha oshiriladi va ularning 3/4 qismi Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi;

- Universitet tomonidan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun kadrlar tayyorlashda qabul kvotalari hamda mutaxassislik (yo‘nalish)lar taqsimoti ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti bilan kelishilgan holda belgilanadi;

- Universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash:

- bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida «Yurisprudensiya («Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati»,«Jamoat tartibini saqlash faoliyati»,«Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati» va «Qo‘riqlash faoliyati»)» yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim shaklida esa «Yurisprudensiya («Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash»)» yo‘nalishi bo‘yicha;

- ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada o‘qitish «Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish» mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.