Mahalliy

Profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Inspektorning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarining faoliyati quyidagi ustuvor ishlash mexanizmlari asosida yaxlit tizim sifatida yo‘lga qo‘yiladi:

- xizmat yo‘nalishi va xizmat o‘tash hududidan qat’i nazar fuqarolarning murojaatlari va xabarlariga tezkor javob berish;

- aholi bilan bevosita, yaqin va ochiq muloqot o‘rnatish hamda ularning huquqbuzarlikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarini hal etishga ko‘maklashish;

- bevosita joylarda huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va omillarini erta aniqlash hamda bartaraf etish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan kunlik asosda manzilli profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yish.

Profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Profilaktika inspektorlariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

- ko‘rib chiqish vakolati doirasidagi birinchi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash;

- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq 4 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash;

- tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlarining vakolatidagi 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.