Oltinsoyda ortidan YPX xodimlari quvgan haydovçi YTH sodir qildi
Yöl-patrul xizmati xodimlari Captiva ortidan taʼqib qilgan. Ulardan qoçgan haydovçi tezlikni oşirgan va boşqaruvni yöqotib, Gentra maşinasi bilan töqnaşgan. Oqibatda Gentra’da bölgan 5 kişi turli darajada jarohatlangan.

Oltinsoyda YPX xodimlari quvgan haydovchi YTHga uchradi
Surxondaryoda YPX xodimlarining haydovchini ta’qib qilishi yo‘l-transport hodisasi bilan yakunlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 18-oktabr kuni ertalab Oltinsoy tumanining Yangi qurilish mahallasi hududida yuz bergan. YPX xodimlari xizmat mashinasida mahalladagi ichki yo‘lda Captiva ortidan quvgan holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Ta’qibdan qochgan haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada Captiva o‘z yo‘lida kelayotgan Gentra bilan to‘qnashgan.
Uning aytishicha, mashinada 5 kishi bo‘lgan. Ular turli darajada jarohat olgan. Jumladan, qo‘li singan va boshqa jarohatlari bo‘lgan ukasi hanuz shifoxonada qolmoqda.
“Jarohatlanganlar holidan hech kim xabar olmadi. Mashinaga ham jiddiy zarar yetgan. Captiva’ni ‘Gai’ xodimlari quvib kelganini hamma ko‘rdi. Bunga guvohlar ko‘p”, dedi Gentra haydovchisining akasi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hozircha hodisa yuzasidan munosabat bildirmadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
Ushbu Nizomning 48-bandiga ko‘ra, o‘zining shaxsiy xavfsizligi va harakat qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash uchun ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi lozim:
• patrul avtomobilida maxsus chiroq-mayoqcha va tovushli signallar muntazam yoqilgan holatda bo‘lishi;
• aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda harakat tezligini tanlashi;
• saf bo‘lim (bo‘linma) yoki IIB navbatchisiga o‘zining ketayotgan joyi, qayerdaligi va harakatning yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lum qilib turishi;

