“Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — The Athletic

“Oltin to‘p” uchun nomzodlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — The Athletic
“Oltin to‘p” uchun 30 nafar rasmiy da’vogar ma’lum qilingach, The Athletic nashri mukofotni qo‘lga kiritishi kutilayotgan futbolchilar reytingini taqdim etdi.
Nashr mualliflari fikricha, Angliya terma jamoasi sardori va Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn hozircha nufuzli individual mukofotni yutish uchun eng katta imkoniyatga ega.
Hujumchi o‘tgan mavsumda Germaniya grandida 61 ta gol urdi va Yevropaning “Oltin butsa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Keyn Angliya terma jamoasi sardori sifatida jamoasining JCH-2026 bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam berdi.
The Athletic talqiniga ko‘ra “Oltin to‘p” uchun top-10 da’vogar:
1. Harri Keyn (“Bavariya”)
2. Maykl Olise (“Bavariya”)
3. Rodri Ernandes (“Barselona”)
4. Kilian Mbappe (“Real Madrid”)
5. Erling Holand (“Manchester Siti”)
6. Xvicha Kvaratsxeliya (“PSJ”)
7. Lamin Yamal (“Barselona”)
8. Luis Dias (“Bavariya”)
9. Jud Bellingem (“Real Madrid”)
10. Lionel Messi (“Inter Mayami”)
2026-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi tarixda ilk bor Parijda emas, Londonda o‘tkaziladi. Mukofotning ilk sohibi, 70 yil avval ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan angliyalik Stenli Metyuz sharafiga mezbon sifatida Britaniya poytaxti tanlangan. G‘olib nomi 26-oktyabr kuni e’lon qilinadi.

