Pep Gvardiola 2026-yilgi “Oltin to‘p”ni kimga berish kerakligini aytdi

**Pep Gvardiola 2026-yilgi "Oltin to‘p" sovrini kimga berilishi kerakligini aytdi**
"Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola 2026-yil yakunlariga ko‘ra "Oltin to‘p" mukofotini qaysi futbolchi olishga munosib ekanligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Harri Keyn bunga to‘la loyiq. Uning erishgan natijalari, urgan gollari, barqarorligi va jamoani qanchalik kuchaytirayotgani — mening fikrimcha, 'Oltin to‘p'ni topshirishda aynan shular asosiy mezon bo‘lishi kerak. U shunchaki aqlbovar qilmas darajada o‘yin ko‘rsatdi. Agar mendan so‘rasangiz, 'Oltin to‘p' albatta Harri Keynga nasib etishi kerak", dedi Gvardiola Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Keyn "Bavariya" safida 51 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 61 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, angliyalik hujumchi Myunxen klubining Bundesliga va Germaniya Kubogida zafar quchishiga ulkan hissa qo‘shdi. Futbolchi Angliya terma jamoasi bilan Jahon chempionati bronza medaliga ham ega chiqdi.
Joriy yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi. France Football nashri va UEFA tashkilotchilari 70 yil ichida ilk bor marosimni Parijdan tashqarida o‘tkazishga qaror qildi. Sovrinning ilk sohibi, afsonaviy angliyalik ser Stenli Metyuzga hurmat ramzi sifatida 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirga London shahri mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu nufuzli mukofotni "PSJ" hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.

