Sport

Gvardiola rejalarini oshkor qildi

Gvardiola kelajakdagi rejalarini oshkor etdi

"Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubni tark etganidan so‘ng murabbiylik faoliyatiga qaytmasligi mumkinligini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis uzoq yillik faoliyatidan so‘ng futboldan biroz uzoqlashib, shaxsiy hayotiga e’tibor qaratish niyatida.

55 yoshli Gvardiola 2016-yildan buyon boshqargan "Manchester Siti"ni o‘tgan mavsum yakunida tark etdi. U murabbiylik faoliyatidagi keyingi rejalari haqida "A Beautiful Obsession" hujjatli filmida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Keyin nima bilan shug‘ullanishimni o‘zim ham bilmayman. Qaytish qiyin bo‘ladi — hech bo‘lmaganda hozir o‘zimni shunday his qilyapman. Shaxsiy hayotimda yuz bergan ko‘plab voqealarni anglab olishim kerak", dedi Gvardiola.

Mutaxassis uzoq yillik murabbiylik faoliyatidan so‘ng tanaffus olish, boshqa mashg‘ulotlarga vaqt ajratish va futboldan bir muddat chetlashishni rejalashtirmoqda.

"O‘zimga ko‘proq e’tibor qaratishim va boshqa ishlar bilan shug‘ullanishim kerak. Shunchaki to‘xtab, bir muddat hamma narsadan uzilib turishni xohlayman. Hozirgi asosiy maqsadlarimdan biri shu", deya qo‘shimcha qildi u.

Gvardiola "Manchester Siti" bilan Angliya chempionatida olti marta g‘olib chiqdi. Shuningdek, uning qo‘l ostida jamoa uch bor Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Shaharliklar" Gvardiola boshqaruvida ilk bor Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham zafar quchdi.

Angliyaga kelishidan avval Gvardiola "Barselona" va "Bavariya" klublarida ham faoliyat yuritgan hamda har ikki jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.