Sport

“Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — OAV

**OAV: "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingi yangilandi**

Independent nashri 2026-yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun asosiy besh nomzodni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Rodri mukofotni qo‘lga kiritish uchun eng asosiy da’vogar hisoblanadi. Rodri o‘tgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborganiga qaramay, Ispaniya terma jamoasi bilan 2026-yilgi Jahon chempionatini yutib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Harri Keyn egalladi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 61 ta o‘yinda maydonga tushib, 73 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Natijada, Keyn Yevropaning eng yaxshi to‘purari sifatida "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikdan "Barselona" va Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal joy oldi.

To‘rtinchi pog‘onani Madridning "Real" klubi hamda Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikni "Inter Mayami" hujumchisi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yakunladi.

Independent talqiniga ko‘ra, kuchli beshlik quyidagicha:

* Rodri ("Barselona");

* Harri Keyn ("Bavariya");

* Lamin Yamal ("Barselona");

* Kilian Mbappe ("Real Madrid");

* Lionel Messi ("Inter Mayami").

Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p"ning tarixiy taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. UEFA va France Football mukofotning 70 yillik tarixida ilk bor gala-kechani Parijdan tashqarida o‘tkazishga qaror qildi. Bu orqali 1956-yilda "Oltin to‘p"ning ilk sohibiga aylangan afsonaviy angliyalik ser Stenli Metyuzga hurmat bajo keltiriladi.

Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messi 39 yoshida ham ushbu sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi. U Jahon chempionatida 8 ta gol urib, Argentina terma jamoasining finalgacha yetib borishiga katta hissa qo‘shdi va qisqa muddatga musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham bo‘ldi. Biroq keyinchalik bu rekordni Kilian Mbappe yangiladi.

Mukofot faqat 2025/26-yilgi futbol mavsumi yakunlari asosida topshiriladi. Amaldagi "Oltin to‘p" sohibi esa "PSJ" vingeri Usmon Dembele hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.