Sport

“Oltin to‘p” uchun da’vogarlar reytingi yangilandi — Score 90

**"Oltin to'p" uchun nomzodlar reytingi yangilandi — Score 90**

Futbolga ixtisoslashgan Score 90 portali 2026-yilgi "Oltin to'p" sovriniga asosiy da'vogarlarning avgust oyi uchun yangilangan reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Fransiya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe mukofotni qo'lga kiritishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Mbappe o'tgan mavsumda Jahon chempionati, YCHL va La Liga to'purari bo'lgan, biroq hech qaysi musobaqada g'olib bo'lmagan. Lamin Yamal ikkinchi, Harri Keyn esa uchinchi pog'onada qayd etilgan.

Score 90 talqiniga ko'ra, kuchli beshlik quyidagicha:

1. Kilian Mbappe ("Real")

2. Lamin Yamal ("Barselona")

3. Harri Keyn ("Bavariya")

4. Rodrigo ("Barselona")

5. Erling Holand ("Manchester Siti")

Kuchli o'nlikdan Usmon Dembele ("PSJ"), Maykl Olise ("Bavariya"), Jud Bellingem ("Real"), Vinisius Junior ("Real") va Lionel Messi ("Inter Mayami") ham joy olgan.

**Ma'lumot uchun:** "Oltin to'p"ning tarixiy taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. UEFA va France Football mukofotning 70 yillik tarixida ilk bor gala-kechani Parijdan tashqarida o'tkazishga qaror qildi. Bu orqali 1956-yilda "Oltin to'p"ning ilk sohibiga aylangan afsonaviy angliyalik ser Stenli Metyuzga hurmat bajo keltiriladi.

Mukofot faqat 2025/26-yilgi futbol mavsumi yakunlari asosida topshiriladi. Amaldagi "Oltin to'p" sohibi esa "PSJ" vingeri Usmon Dembele hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.