“Oltin toʻp” mukofotini topshirish vaqti noqulay tanlangan” — Harri Keyn

“Оltin toʻp” mukofotini topshirish vaqti noqulay tanlangan” — Harri Keyn
“Bavariya” hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn “Oltin toʻp” mukofotini topshirish vaqti noqulay ekanini aytdi.
8-sentyabr kuni France Football jurnali 2026-yilgi “Oltin toʻp”ga nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi. Taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.
“Shubhasiz, “Oltin toʻp” soʻnggi yillarda tobora muhim mukofotga aylanib bormoqda, asosan ijtimoiy tarmoqlar, shov-shuvlar va u bilan bogʻliq suhbatlar tufayli.
Menimcha, “Oltin toʻp” mukofotini topshirish vaqti noqulay tanlangan, chunki allaqachon yangi mavsum boshlangan va siz bu mavsumda nimalarga erishishingiz mumkinligiga eʼtibor qaratasiz. Lekin har bir oʻyindan soʻng siz oʻtgan yili nimalarga erishganingiz haqida oʻylashingiz kerak boʻladi. Buni tushunish qiyin. Lekin “Oltin toʻp”ni yutish ajoyib ish boʻlardi.
Boshqa nomzodlar bu mavzuda koʻproq intervyu berishlari, albatta, jamoatchilik fikriga va u bilan bogʻliq munozaralarga taʼsir qiladi. Ammo hakamlar hayʼati aʼzolari bunga qarab ish tutmasa kerak. Menimcha, ular kimni loyiq deb hisoblashsa, oʻsha odamga ovoz berishadi.
Oʻtgan mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 73 ta gol urgan.”

